JCH finali chiptalari narxi keskin qimmatladi
Sport
−
03 aprel 981 1 daqiqa
FIFA Jahon chempionati finali uchun chiptalar narxi uchinchi sotuv to‘lqinida keskin ko‘tarildi. Bu haqida “Goal” nashri xabar berdi.
O‘tgan yili oktyabr oyida sotuvga chiqqan chiptalar sotuvining birinchi to‘lqinida final o‘yini uchun narxlar 2030 AQSH dollaridan 6070 AQSH dollargacha sotilgan. Ammo FIFA’ning dinamik narx belgilash tizimidan foydalanayotgani sababli ikkinchi va uchinchi sotuv to‘lqinida narxlar keskin ko‘tarilgan. Dekabr oyidagi sotuvlarda mundialning hal qiluvchi o‘yini narxlari 4185-8680 AQSH dollari oralig‘ida belgilangan bo‘lsa, yaqinda sotuvga chiqqan uchinchi to‘lqinda eng qimmat o‘rinlar 10 900 AQSH dollariga baholangan, eng arzon chiptalar esa 5785 AQSH dollarini tashkil etadi.
Shuningdek, boshqa o‘yinlar uchun ham narx yuqori. Masalan, AQSH milliy terma jamoasining 13 iyun kuni Paragvayga qarshi uchrashuvi uchun chiptalar 2735 AQSH dollariga baholangan va sotuvda 1000 dan ortiq o‘rin mavjud. FIFA esa bunday narxlarni Amerika bozoriga mos va talab yuqori ekanini aytib, Jahon chempionati daromadi futbolni rivojlantirishga sarflanishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Yevropaning iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi Euroconsumers hamda Yevropa futbol muxlislari uyushmasi FIFA ustidan Yevropa komissiyasiga shikoyat qilgani xabar qilingandi.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi