Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

JCH-2026 saralashi. KXDR-Qirg‘iziston o‘yini Toshkentda o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati saralashi Osiyo qit’asi 3-bosqich 9-turidan o‘rin olgan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi o‘yin O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Qirg‘iziston futbol ittifoqi KXDR futbol federatsiyasiga ushbu jamoalar o‘rtasida 5 iyun kuni Toshkentda Jahon chempionati saralash o‘yinini o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.

Bu o‘yinda rasmiy mezbonlar Shimoliy Koreya termasi hisoblanadi, biroq koreyslar o‘z mamlakatida uy uchrashuvlarini o‘tkaza olmagani uchun o‘yinni futbol federatsiya ixtiyoriga ko‘ra Osiyoning istalgan davlatida o‘tkazishi mumkin.

“Shimoliy Koreya terma jamoasi 10-tur o‘yinini Tehronda o‘tkazishi rejalashtirilganini inobatga olsak, Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘yin uchun maydon sifatida Toshkentning tanlanishi butunlay mantiqan to‘g‘ri”, deyiladi Nikimbayev xabarida.

Ma’lumot uchun, ortda qolgan 8 ta turdan keyin KXDR 2 ochko bilan allaqachon JCH bilan xayrlashib bo‘lgan, 6 ochkoga ega Qirg‘iziston esa guruhda 4-o‘rinni egallash va shu orqali saralashning 4-bosqichiga chiqish uchun kurashib ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Qirg'iziston Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing