JCH-2026: Bugun O‘zbekiston Shimoliy Koreya bilan hisob-kitob qiladi
Sport
−
19 noyabr 2024 10732 1 daqiqa
Bugun, 19 noyabr kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralashning 3-bosqich 6-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) bilan bahs olib boradi.
Jamoalar shu vaqtga qadar o‘zaro 10 marta to‘qnash kelgan bo‘lib, bahslardan 7 tasida O‘zbekiston, 1 tasida Shimoliy Koreya g‘alaba qozongan. Yana 2 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 17-7 O‘zbekiston foydasiga.
Jamoalar oxirgi marta shu yilning 5 sentyabrida Toshkentda to‘qnash kelgan va o‘sha uchrashuvda 1:0 hisobida mezbonlar g‘alaba qozongan. Hozirga vaqtda O‘zbekiston “A” guruhida 10 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, 2 ochkoga ega bo‘lgan koreyslar oxirgi pog‘onani egallagan.
Ma’lumot uchun, KXDR-O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Uchrashuvga Laos poytaxti Ventyan shahridagi “Lao” stadioni mezbonlik qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025