JCH-2022 muddati o‘zgarishi mumkin

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining boshlanish muddati o‘zgarishi mumkin.

Tashkilot hozirda turnir jadvaliga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Rejaga ko‘ra, mundial 21 noyabr kuni start olishi kerak. Biroq, Qatar-2022 tashkilotchilari chempionat boshlanishini 20 noyabr kuniga ko‘chirishmoqchi.

Bunga sabab, Qatar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish o‘yini 21 noyabrda emas, 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi nazarda tutilgan.

Qatar-2022 muddatini o‘zgartirish masalasini FIFA prezidenti Janni Infantino va futbol konfederatsiyalari rahbarlarining qarori hal qiladi. Mazkur vaziyatda, bunday qaror faqat ovoz berish natijalariga ko‘ra qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, Qatardagi mundial 21 noyabrdan 18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

733

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing