JCH-2021. Jo‘rayev kichik oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
16 dekabr 2021
2113Bugun, 16 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining 9-kunida erkaklar o‘rtasida 109 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazildi va dast ko‘tarish bahslarida o‘zbekistonlik Akbar Jo‘rayev kichik oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu vaznda Ruslan Nuriddinov ham ishtirok etmoqda.
Dast ko‘tarish mashqida kumush medal 188 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan armanistonlik Simon Martirosyanga nasib etdi. 3-o‘rinni esa 185 kg natija ko‘rsatgan Ruslan Nuriddinov egalladi.
Hozircha, Akbar Jo‘rayev 196 kg natija bilan eng yaqin ta’qibchisini 8 kilogramm ortda qoldirmoqda
Erkaklar: 109 kg – dast ko‘tarish
1. Akbar Jo‘rayev – 196 kg;
2. Simon Martirosyan – 188 kg;
3. Ruslan Nuriddinov – 185 kg.
Eslatib o‘tamiz, oldinda Siltab ko‘tarish bahslari kutib turibdi.
LiveBarchasi