Jazoirni 20 yil boshqargan Abdulaziz Buteflika vafot etdi
Olam
−
18 Sentabr 2021
4571Jazoirning sobiq Prezidenti Abdulaziz Buteflika 85 yoshida vafot etdi. U mamlakatni 1999-2019 yillarda boshqargan. Bu haqda TASS xabar berdi.
Buteflika 1999 yilda 74 foiz ovoz bilan mamlakat Prezidenti etib saylangan. Shundan so‘ng, u yana uch marta davlat rahbari lavozimiga saylangan. Bir qator siyosatshunoslarning fikricha, 90-yillarda Jazoir fuqarolar urushi domida qolganida aynan u mamlakatni qora o‘n yillikdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Xususan, 2005 yilda Buteflika davrida mamlakat ichkarisidagi qonli mojaroga umuman chek qo‘yilgan umumxalq referendumida Milliy Tinchlik Xartiyasi qabul qilingan.
Buteflika hokimiyatdaligining so‘nggi yillarida sog‘lig‘idagi muammolar sabab qiynalgan va nogironlar aravasida harakatlangan. Buteflika 2019 yil fevral oyida beshinchi muddatga ham saylanmoqchiligini aytganida, mamlakatda misli ko‘rilmagan norozilik boshlangan. Preziyednt niyatidan qaytishga majbur bo‘lgan. Ammo namoyishlar shu bilan to‘xtamagan. Natijada Buteflika 2019 yil 2 aprelda iste’foga chiqqan.
LiveBarchasi