Jazoirda erkakni yoqib yuborgan 49 kishi o‘limga hukm qilindi

Olam

image

Jazoir sudi bir odamni o‘ldirgan va uning jasadini tahqirlagan 49 kishini o‘limga hukm qildi. Bu haqda mahalliy “An-Nahar” axborot portali xabar bermoqda.

“Dar-el-Beyda (Jazoir poytaxti chetida) birinchi instansiya sudi bugun, 24 noyabr kuni marhum yigitni o‘ldirish va jasadini haqorat qilish ishi bo‘yicha 49 ayblanuvchiga o‘lim jazosini tayinladi”, deyiladi xabarda.

OAV xabarlariga ko‘ra, yana 22 kishi turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilingan.

Jazoir politsiyasi avgust oyida o‘rmonlarni yoqishda ishtirok etganlikda gumon qilingan odamni qonunchiz jazolashda (“samosud” qilishda) ishtirok etganlikda gumon qilingan bir necha o‘nlab kishilar hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Jazoir Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 avgust kuni bir guruh fuqarolar shimoliy Tizi-Ouzu provinsiyasining Larbaa-Nat-Iraten shahrida o‘rmonlarni yoqishga aloqadorlikda gumon qilib, uch kishini ushlab olishgan va ularni kaltaklashgan. Politsiya holatga aralashib, uch kishini bo‘linmaga olib borgan, biroq hujumchilar ulardan birini politsiya bo‘limidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Jamel Bensmail ismli erkakni shahar maydonida kaltaklab, yoqib yuborishgan, oqibatda u vafot etgan. Jabrlanuvchini qutqarishga uringan politsiya xodimlari ham jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

689

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing