Jasurbek Ibrohimov o‘limi ortidan qamalgan Islombek To‘laganov qamoqdan chiqdi

Jamiyat

image

2017 yilda ijtimoiy tarmoqldar va OAV diqqat markazida bo‘lib kelgan jinoyat ishi va uning qahramoni Islombek To‘laganov mavzusi yana ko‘tarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bergan ma’lumotga ko‘ra, Islombek To‘laganov ochiqqa chiqarilgan, unga tayinlangan jazo turi o‘zgartirilgan.

2017 yilning 30 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumani sudi qarori bilan 1999 yilda tug‘ilgan Islombek To‘laganov 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. U Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan aybdor deb topilgandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar kassatsiya sudining 2018 yil 12 yanvardagi qarori bilan mazkur qaror o‘zgarishsiz qolgandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi 2018 yilning 20 dekabr kuni JKning 90-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘tab bo‘linmagan qismini almashtirdi. Aybdorga daromadining 20 foizini davlat hisobiga olib qolish sharti bilan 4 yil 5 oy 15 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi P.F. Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Islombek To‘laganov shu kollejning boshqa bir o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovga 3 may kuni og‘ir tan jarohati yetkazgandi. Buning natijasida Jasurbek Toshkentning shifoxonlaridan birida hayotdan ko‘z yumgan.


Maqola muallifi

Teglar

Islombek TO'laganov

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar