Jasur Jaloliddinov “Lokomotiv”ga qaytdi

Sport

image

Yarim mavsum davomida Qozog‘istonda faoliyat yuritgan Jasur Jaloliddinov Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qaytdi. Bu haqda “temir yo‘lchilar”ning rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston olimpiya jamoasining 20 yoshli o‘yinchisi mavsum boshida Qozog‘istoning “Qayrat” klubiga ijaraga berilgan edi. Bosh murabbiyi Qurbon Berdiyev qozoq jamoasini tark etgach, o‘zbekistonlik futbolchi ham “Lokomotiv”ga qaytishga qaror qilgan.

Jasur Jaloliddinov joriy yilning 1-19 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tkazilgan Osiyo kubogi U-23ning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Jasur Olmaota klubida 7 o‘yinda maydonga tushib, samaradorlik ko‘rsatmagandi. 20 yoshli futbolchi bungacha “Bunyodkor”, “Andijon”, “Lokomotiv” hamda Rossiyaning “Lokomotiv” va "Tambov" klublari sharafini himoya qilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing