Jarimaning 70 foizi to‘lansa, qolganidan voz kechiladi – YHXBB

Jamiyat

image

Yo‘l harkati qoidalarini buzgan haydovchilar endilikda jarimaning 30 foizidan ozod etilishi mumkin. Bu haqida IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar beradi. 

Huquqbuzar haydovchiga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun muddat ichida fuqaro jarimaning 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan holatda qolgan summaning 30 foizini to‘lashdan ozod etiladi. 

Lekin bu imtiyoz amal qilmaydigan bir qancha holatlar bor. Agar haydovchiga sud tomonidan jarima solingan bo‘lsa yoki jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinsa, shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik bir yil ichida takrorlangan bo‘lsa 30 foiz jarimadan ozod qilinish imtiyozidan foydalana olmaydi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

313

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing