Jarimalar davlat g‘aznasini qoplash uchun o‘ylab топилган...mi?
Jamiyat
−
31 may 2019
5875IIV rahbariyati va mas’ul mutasaddilaridan kunduzi chiroq yoqib harakatlanish oqibatida avtomobillarda yong‘in kelib chiqayotgani haqidagi xabarlar qanchalik asosli ekani so‘raldi.
"Biz bunday holatlarni Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda o‘rganamiz", degan IIV Yo‘l harakati Бош boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Erali Bozorov.
Erali Bozorov kunduzi chiroq yoqib yurilishi tufayli avtomobillar yonib ketgani haqida IIVda birorta holat qayd etilmagani, shuningdek, transport vositasida kelib chiqqan yong‘in sabablarini uning chiroqlariga bog‘lash to‘g‘ri бўлмайди degan fikrlarni ilgari surgan.
Ochiq muloqotda kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanmaganlarga jarima tayinlangani, belgilangan tartibga amal qilmaganlik uchun jazo choralari kundan-kunga qat’iylashib bormayaptimi degan savolni o‘rtaga tashlandi.
Shuningdek, bunday jarimalar davlat g‘aznasini qoplash uchun o‘ylab topilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda гап-so‘zlar ko‘paygani, фуқаролар noroziligi avj olayotgani ta’kidlandi.
Бунга javoban, Erali Bozorov shikoyatlar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan kamaygani, buning sababi tizimda kadrlar bilimini oshirishga qaratilayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, IIV vakili jarimalar joriy qilishdan maqsad pul topish emas, aksincha haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish ekanligini aytib o‘tgan.
Hozirga qadar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarning kunduzi chiroqlarini yoqib yurishi sabab yong‘inlar kelib chiqayotgani haqida turli maqolalar, videolar e’lon qilib kelinmoqda. Бунга esa ko‘plab avtomobillarning ishlab chiqarilganiga ancha yil bo‘lgani, ayniqsa, chiroqlar O‘zbekistondagi issiq haroratga bardosh bermasligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Shunga qaramay IIV vakillari hali avtomobillarning yonib ketishi haqida birorta ma’lumot olmagani, bu tartib harakat va aholi xavfsizligini o‘ylab qilinganini ta’kidlab kelishmoqda.
LiveBarchasi