Japarovning ilk xorijiy tashrifi qayerga bo‘lishi ochiqlandi

Olam

image

Qirg‘izistonning yangi saylangan Prezidenti Sadir Japarovning birinchi xorijiy tashrifi Rossiyaga bo‘lishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Ravshan Sobirov Jogorku Keneshning Agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, tashrif davomidagi asosiy masalalardan biri gaz masalasi bo‘ladi.

“Agar bu masala muhokama qilinadigan bo‘lsa, unda bizning xalqimiz uchun juda ko‘p ijobiy voqealar bo‘ladi”, deydi Sobirov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev yelefon orqali suhbatda Sadir Japarovni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklab, uni Qozog‘istonga taklif qilgandi. Japarov esa, ushbu taklifga roziligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

444

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing