Japarovga O‘zbekistonga tashrifi davomida kimlar hamrohlik qiladi?
Jamiyat
−
18 iyul
10213Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 18 iyul kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasiga yo‘lga chiqdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif doirasida Prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, unda tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Japarov Qirg‘izistoning O‘zbekiston Respublikasidagi madaniyat kunlarining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.
Qirg‘iziston rasmiy delegatsiyasi tarkibi quyidagilardan iborat:
- Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Bakit To‘roboyev;
- Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev;
- Prezident Administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimbakiyev;
- Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanboyev;
- Bosh prokuror Maksat Asanaliyev;
- Ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva;
- Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Azis Saparaliyev;
- Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Altinbek Maksutov;
- Sog‘liqni saqlash vaziri Olimqodir Beyshenaliyev;
- Transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirgabayev;
- Iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiyev;
- Mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vaziri Jildiz Polotova;
- Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev;
- Adliya vaziri Ayaz Bayetov;
- Prezident huzuridagi Milliy investitsiya agentligi direktori Talantbek Imanov;
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Arxitektura, qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish davlat agentligi direktori Nurlan Oruntayev;
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xizmati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish ishlari davlat agentligi direktori Kudaybergen Bazarbayev;
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mulkini boshqarish davlat agentligi direktori Almazbek Primov;
- Prezidentning Botken viloyatidagi vakolatli vakili Abdikarim Alimbayev;
- Prezidentning Jalolobod viloyatidagi vakolatli vakili Tilek Tekebayev;
- Prezidentning Norin viloyatidagi vakolatli vakili Altinbek Ergeshov;
- Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantayev;
- Prezidentning Issiqko‘l viloyatidagi vakolatli vakili Ulanbek Daliyev;
- Bishkek shahar meri Aybek Junushaliyev;
- Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati raisi Samat Isabekov;
- Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati direktori Ularbek Sharsheyev.
LiveBarchasi