Telegram
Birinchi biling!
Olam
−
28 aprel 2022
14788Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov yurakdagi og‘riqlar va qon bosimining pasayishi tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 28 aprel kuni ertalab Oqilbek Japarov yurakdagi og‘riqlar va qon bosimining pasayishi shikoyatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Japarovda o‘tkazilgan elektrokardiografiya va koronar angiografiya muolajalarida miokard infarktini tasdiqlamagan, ammo yurak tomirlarining spazmini aniqlangan.
Hozirda Vazirlar Mahkamasi rahbarining sog‘lig‘i barqaror va qoniqarli. Biroq, shifokorlar Japarov shifoxonada davolanishi kerakligini aytgan.
LiveBarchasi