Japarov Mirziyoyev va To‘qayevni Issiqko‘l bo‘ylab kemada sayohatga olib chiqdi (foto+video)

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan bugun, 20 iyul kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Cho‘lponota shahriga jo‘nab ketdi. 

undefined

Prezident Sadir Japarov O‘zbekiston rahbarini va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni bo‘yinbog‘siz uchrashuvga va Issiqko‘lni qayiqda aylanishga taklif qilgan. 

undefined

Ushbu uchrashuvda tadbirga taklif etilgan Prezidentlardan Imomali Rahmon (Tojikiston) va Serdar Berdimuhamedov (Turkmaniston) ishtirok etmagan. Ular hali Qirg‘izistonga yetib kelmagani aytilmoqda. 

undefined

Eslatib o‘tamio‘, ertaga 21 iyul Issiqko‘l viloyatining Cho‘lponOta shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.  

undefined

undefined


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

824

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing