Japarov “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi
Olam
−
27 iyun
4588Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnoma 6 iyun kuni Pekinda imzolangan edi. Qirg‘iziston Respublikasining tegishli qonuni Jogorku Kenesh (parlament) tomonidan 19 iyun kuni qabul qilingan.
Qayd etilishicha, yangi temiryo‘l yo‘lagi Yevrosiyo ko‘prigining janubiy tarmog‘iga aylanadi va Janubi-Sharqiy, G‘arbiy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga, jumladan Turkiya va undan keyin Yevropa Ittifoqiga chiqish yo‘lini ochadi.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi