Janubiy Osetiyada portlash. O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi

Olam

image

Janubiy Osetiyaning Sxinval shahridagi turar-joy binosi portladi. Oqibatda O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Bu haqda Janubiy Osetiya Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

“Kecha, 3 aprel kuni taxminan soat 16:45da Sxinval shahridagi xususiy uylardan birida portlash sodir bo‘ldi, bir kishi jarohat oldi. Voqea joyiga yetib kelgan tergov-tezkor guruhi xususiy uyning yerto‘lasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda granata portlaganini aniqladi. Oqibatda 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosi turli tan jarohatlari bilan Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga yetkazilgan”, deyiladi IIV axborotida.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joyida IVVning tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Hodisaning barcha holatlari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing