Janubiy koreyalik askar yanglishib, Shimoliy Koreya tomon o‘q uzdi 

Olam

image

Janubiy koreyalik askar chegara yaqinidagi mashg‘ulotlar paytida yanglishib Shimoliy Koreya tomon pulemyotdan o‘q uzdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sharqiy Gangvon viloyatidagi Koreyalararo chegarada mashg‘ulot o‘tayotgan askar Shimoliy Koreya tomon jami to‘rtta o‘q uzgan. 

Barcha o‘qlar harbiy demarkatsiya chizig‘ining Janubiy tomoniga tushgan va hech qanday zarar yetkazilmagan.

Harbiy qism zudlik bilan Shimoliy Koreyani bir necha marotaba radio eshittirish orqali xabardor qilib, favqulodda tayyorgarlik holatini kuchaytirgan.

“Shimol tomondan hech qanday e’tiborni tortadigan harakatlar kuzatilmadi, voqea sabablari sinchiklab o‘rganilmoqda”,  deya ma’lum qilgan harbiylardan biri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing