Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi choralar yumshatildi

Olam

image

Janubiy Koreya koronavirus tarqalishiga qarshi cheklovlarni yumshatdi. Bunday qaror mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish holati kamayganligi uchun qabul qilingan

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Nin Xuning ta’kidlashicha, rasmiylar salbiy iqtisodiy ta’sirlardan qochish maqsadida karantin choralarini yumshatgan.

Endilikda karaoke barlar, sport zallar, turgan holda ovqatlanadigan restoranlar o‘z ishlarini davom ettiradi. Shuningdek, maktablarda darslarga qo‘yiladigan cheklovlar ham olib tashlangan.

Sport tadbirlariga va cherkov xizmatlariga yana ruxsat beriladi. Bunda faqatgina 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan joylar to‘lishi kerak bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 24 ming 700 dan oshgan. 433 kishi vafot etgan. 22 ming 700 dan ortiq kishi sog‘ayib ketgan. 

Pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 37 milliondan ko‘p koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Qariyb 28 million kishining salomatligi tiklangan. 1 milliondan ortiq odam vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing