Janubiy Koreyada hujumchi samolyot halokatga uchradi

Olam

image

Janubiy Koreya harbiy havo kuchlarining KA-1 hujumchi samolyoti mamlakat shimoli-sharqidagi Gangvon provinsiyasining Xvenson okrugida halokatga uchradi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot ekipaji tirik qolgan. Qayd etilishicha, har ikkala uchuvchi ham samolyotdan parashyutda sakrashga muvaffaq bo‘lgan va ular jabrlanmagan. Biroq tez tibbiy yordam xizmati voqea joyiga yetib kelgan va ularni eng yaqinda joylashgan kasalxonaga yetkazgan. 

Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, KA-1 yengil hujumchi samolyoti Korea Aerospace Industries tomonidan KT-1 bir dvigatelli o‘quv samolyoti asosida ishlab chiqilgan. U yengil hujum qilish va ilg‘or nishonga olish qobiliyatiga ega.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing