Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi (video)

Olam

image

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etilganini e’lon qildi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident Yun Sok Yol favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda u o‘ziga qarshi impichment jarayonini o‘tkazishga urinishlar tufayli hokimiyat falaj bo‘lib qolish xavfi borligini e’lon qilgan. Shundan so‘ng, Prezident mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan.

“Men Shimoliy Koreyaga qarshi kuchlarni yo‘q qilish va erkin konstitutsiyaviy tartibni himoya qilish uchun harbiy holat e’lon qilaman”, degan u.

Prezident o‘z murojaatida harbiy holatni joriy etishni “odamlarning erkinligi va xavfsizligini, shuningdek, mamlakatning davlatga qarshi kuchlar harakatlaridan barqarorligini ta’minlashning muqarrar chorasi” deb atagan. 

Shu bilan birga respublika Mudofaa vazirligi barcha Qurolli kuchlarning asosiy qo‘mondonlari yig‘ilishi o‘tkazilganini va ularning favqulodda tayyorgarligini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar chiqarganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 noyabr kuni Yaponiya, AQSH va Janubiy Koreya Sharqiy Xitoy dengizida iyun oyidan beri ikkinchi bor “Freedom Edge” nomli harbiy mashg‘ulotlarni boshlagandi. Mashg‘ulotlarda Yaponiya tomonidan “Xaguro” esminetsi (harbiy kema turi), Orion P-3 patrul samolyoti, F-15 va Mitsubishi F-2 qiruvchi samolyotlari hamda Boeing E-767 ishtirok etgandi. Janubiy Koreya tomonidan ikki esminets, jumladan “Soe Ryu Son Ryon”, Orion P-3 patrul samolyoti va F-15 qiruvchi samolyotlari qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing