Janubiy Koreyada ham noma’lum havo shari aniqlandi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Janubiy Koreya armiyasi o‘z hududida KXDRga tegishli havo sharini kuzatganini ma’lum qildi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5 fevral kuni havo shari qisqa vaqt ichida Janubiy Koreya havo hududiga kirgan va bir necha soat ichida uni tark etgan. Rasmiylar sharni josuslik faoliyati uchun mo‘ljallanmagan ob-havo dirijabli bo‘lgan deb hisoblashmoqda.

Havo sharining parvozi o‘tgan hafta oxirida AQSHning Karolina qirg‘oqlari yaqinida urib tushirilgan Xitoy havo sharining parvozi bilan bog‘liq AQSH va Xitoy o‘rtasida keskinlik fonida aniqlangan.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi paytlarda ikki koreys davlati o‘rtasidagi keskinlik kuchayib bormoqda. Xususan, Shimoliy Koreya o‘tgan yili rekord miqdordagi raketa sinovlarini o‘tkazgan, Janubiy Koreya esa AQSH bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan.

Shuningdek, o‘tgan yilning 26 dekabrida Shimoliy Koreyaning beshta uchuvchisiz samolyoti Janubiy Koreya hududini kesib o‘tgan. Hatto ulardan biri Janubiy Koreya Prezidenti idorasi atrofidagi parvozlar taqiqlangan hududga qisqa muddatga kirgan va bu Janubiy Koreya harbiylarini qiruvchi samolyotlarni ishlatishga undagan. Keyinchalik harbiylar janub uzra soatlab uchib yurgan dronlarni urib tushira olmagani uchun tanqid qilingan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing