Janubiy Koreya Prezidenti rafiqasi bilan O‘zbekistonga keldi
Olam
−
13 iyun
8464Bugun, 13 iyun kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birgalikda O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Qisqa suhbatdan so‘ng, Koreya Prezidenti turmush o‘rtog‘i hamrohligida o‘zlari uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birgalikda 13-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif davomida Janubiy Koreya Prezidenti Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lishi rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yun Sok Yol Turkmaniston va Qozog‘istonda bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr