Janubiy Koreya KXDRga raketa sinovi masalasida “mislsiz javob” bilan po‘pisa qildi
Olam
−
26 Oktabr 2022
10183Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSH Tashqi ishlar vazirliklari vakillari Shimoliy Koreyaning yadro sinovlari masalasi bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Shimoliy Koreya yadroviy sinov doirasida yana raketa uchirsa, misli ko‘rilmagan javob qaytarishga va’da bergan.
“Tomonlar KXDR raketa sinovlarining o‘ta yuqori chastotasi, jumladan, raketa Yaponiya hududi ustidan uchib o‘tgan 4 oktyabrdagi sinov mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid bo‘lib, shuningdek, butun xalqaro hamjamiyatga ochiqcha chaqiriq ekani borasida yakdil fikrda”, deyiladi Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining uchrashuv yakunlari bo‘yicha bergan axborotida.
Oxirgi sinovdan so‘ng Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSH va Janubiy Koreyani dushman deb atagan va ular bilan muloqot qilishdan bosh tortgan.
“Yonhap”ning razvedkadagi manbalariga ko‘ra, Shimoliy Koreya 16 oktyabrdan 8 noyabrgacha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar doirasida raketa uchirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya sentyabr oyi oxiridan beri raketa sinovlarini tez-tez o‘tkazib kelmoqda. Oktyabr oyi boshida KXDR tomonidan uchirilgan ballistik raketa besh yil ichida birinchi marta Yaponiya arxipelagi ustidan uchib o‘tdi, bu Tokio, Seul va jahon hamjamiyatining boshqa vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi