Janni Infantino Rossiyani FIFA’dan chetlatmoqchi

Sport

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) kongressi navbatdagi yig‘ilishida Rossiya futbol ittifoqining (RFI) maqomi qanday bo‘lishi masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda “Match TV” xabar berdi.

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) Rossiya futbol ittifoqi (RFI) a’zoligini to‘xtatib qo‘yish yoki uni tashkilotdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishi kutilmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino RFI’ni FIFA’ga a’zolikdan butunlay chiqarib tashlashni xohlamoqda. Shuningdek, Osiyo va Afrika futbol konfederasiyalari ham Rossiyaning a’zoligini tugatish qarori qabul qilinishiga qarshi emas.

UEFA va KONMEBOL esa RFI’ni a’zoligini vaqtinchalik to‘xtatib turish g‘oyasini yoqlashi mumkinligi haqida ham xabar qilingan.

Vaqtinchalik chetlatish va a’zolikdan umuman chiqarib tashlash o‘rtasidagi farq shundaki, chetlatilgan taqdirda Rossiya futbol federatsiyasini qayta tiklash ancha murakkab jarayonga aylanadi. A’zolik vaqtincha to‘xtatilganda esa RFI’ning FIFA’dagi maqomini tiklash oson kechadi. Rossiya terma jamoalari va klublarini xalqaro o‘yinlardan chetlatish har ikki jazo chorasida ham amal qiladi. Shuningdek, transferlarni taqiqlash chorasi ham joriy etiladi.

Ayni paytda RFI vakillaridan hech biri FIFA kongressida qatnashish uchun akkreditatsiyadan o‘tmagan. Bu Rossiya futbol ittifoqi vakillari kongressda qatnasha olmasligini bildiradi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing