Jang paytida juda asabiylashdim – Xabib Nurmuhamedov

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmuhamedov Islom Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi chempionlik jangini tomosha qilgan vaqtidagi hissiyotlari haqida aytib o‘tdi.

"Jang paytida juda asabiylashdim, oxirgi 20 yil davomida Islomning mashg‘ulotlarini kuzatib bordim. Nihoyat uning davri keldi. UFC'da hamma narsa bo‘lishi mumkin. Misol uchun Kamaru Usmon o‘z jangida deyarli to‘liq ustunlik qildi, lekin, bitta zarba o‘tkazib yubordi va nokaut'ga uchradi. Maxachevning jangida ham xuddi shunday holat bo‘lishi mumkin edi.  Oliveyra yuqori darajadagi yaxshi jangchi. Men Islom bilan birga o‘sganman va u otamning sevimli shogirdi edi", dedi Xabib ESPN'ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 280 promushenida Maxachev Oliveyrani mag‘lub etdi va yengil vaznda yangi UFC chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev keyingi jangini P4P reytingi yetakchisi avstraliyalik Aleks Volkanovskiga qarshi o‘tkazadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing