Jamshid Qo‘chqorovning o‘rinbosarlaridan biri ishdan olindi
Jamiyat
−
19 iyul 2022
12162O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Qalandarovich Abdinazarov lavozimidan ozod etildi. U mazkur lavozimiga 2020 yilda tayinlangandi.
Bobur Abdinazarov 1983 yilda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Shuningdek, Yaponiya Xalqaro universitetida tahsil olgan.
U 2007 yildan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan. 2007-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi Xo‘jalik hisobidagi korxonalarda buxgalteriya hisobi va hisoboti uslubiyoti bo‘limi bosh iqtisodchisi, 2010- 2014 yillarda Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobi uslubiyoti bo‘limi bosh iqtisodchisi va bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agrosanoat majmui moliyasi boshqarmasining Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini iqtisodiy tahlil qilish hamda qishloq va suv xo‘jaligi moliyasi bo‘limiga rahbarlik qilgan.
2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg‘i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi