Jamoa boshqaruvida boshqalardan farq qiladi – Klopp hamkasbi haqida

Sport

image

“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Real Madrid” jamoasi murabbiyi Karlo Anchelotti haqida o‘z fikrlarini bildirgan. Bu haqda “Sports.ru” nashri xabar berdi.

“Karlo men hayotimda uchratgan eng ajoyib murabbiy. Siz ham uchrashishingiz kerak bo‘lgan yaxshi odamlardan biri. Kamtarin, juda aqlli va harakatlari yoqimli inson. Jamoa boshqaruvida ham boshqalardan farq qiladi. Men uning qarorlaridan hayratda qolaman, shuning bilan birga hurmat qilaman”, deydi Yurgen Klopp.

Ta’kidlash joizki, bugun, 21 fevral kuni Chempionlar ligasining birinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning 1/8 finalida “Liverpul” va “Real Madrid” klublari to‘qnash keladi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing