Jamg‘arib boriladigan pensiya badallari byudjetga to‘lanadigan soliqlarga tenglashtiriladi

Jamiyat

image

Moliya vazirligi tomonidan Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga (SHJBPH) majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi ishlab chiqildi.

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

•    ushlangan majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini SHJBPHga o‘tkazish tartibi;
•    SHJBPHga kiritilgan majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari bo‘yicha hisob-kitob va hisobot;
•    Xalq banki filiali tomonidan davlat soliq xizmati organlariga axborot taqdim etilishi tartibi;
•    SHJBPHga mablag‘lar kelib tushishi ustidan nazorat.

Mehnat faoliyatini mehnat shartnomalari bo‘yicha amalga oshirayotgan fuqarolar (ular jumlasiga ishlovchi pensionerlar, o‘rindoshlar ham kiradi), shuningdek fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajaradigan fuqarolar, agar ushbu xodimlarning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlaridan qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ushlansa, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini oluvchilar sifatida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining majburiy ishtirokchilari hisoblanadilar.

Qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod etilgan boshqa fuqarolar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxsni tashkil etmagan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriy asosda ishtirok etadilar.

Fuqarolarning SHJBPHga majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari byudjetga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarga tenglashtiriladi.

Nizom “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing