Jalolov qozog‘istonlik bokschiga javob qildi

Sport

image
0:00
0:00
download

Avval xabar qilganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda qozog‘istonlik bokschi Nursultan Amanjolov o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolovga o‘zaro jang qilish ma’nosida murojaat qilgandi.

Shuningdek, Amanjolov tarmoqdagi postiga Bahodir Jalolov bilan tushgan suratini joylashtirib, "Meni kuting" , deb yozib qoldirgandi.

Yaqinda Jalolovning Instagram'dagi kuzatuvchilaridan biri izohlarga "qozog‘istonlik bokschi sizni jangga chorlamoqda" , degan ma’noda fikr bildirdi. Bahodir Jalolov esa muxlisining izohiga "Istasa ertagayoq urishamiz", deya javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi navbatdagi jangini 26 noyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi boks kechasida amerikalik Kyortis Xarperga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing