Bahodir Jalolov qoraqalpoq xalqiga Haj ziyoratidan murojaat yo‘lladi (video)

Sport

image

Saudiya Arabistonida Haj ziyoratida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik bokchsi Bahodir Jalolov Qoraqalpog‘iston xalqiga murojaat qilib, ularni har xil fitnachi va provakatorlarning nayranglariga aldanib qolmaslikka chaqirdi. U bu haqda o‘zining Instagram'dagi sahifasida aytib o‘tgan. 

“Provokator va fitnachilarning gapiga kirib, yomon va g‘arazli niyatlarga aralashib qolmanglar. Yurtimizning tinchligi va ikki xalqning o‘rtasidagi totuvlik abadiy bo‘lsin” degan bokschi.

Shuningdek, Bahodir Jalolov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida yashovchi Alisher Avezovga muxlislik qilib, boks sport turini tanlaganini ham ta’kidlagan.

“Xo‘jayli tumanida yashovchi Alisher Avezovga muxlislik qilib, boksga kirib kelganman. U kishi 1994 yilda Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan. Endilikda ular Qoraqalpog‘istondan ko‘plab Jahon va Olimpida chempionlarini chiqarishni maqsad qilgan. Nasib etsa, qoraqalpoq xalqidan ham Jahon chempionlari chiqadi. Yurtboshimiz sportchilarga ulkan sharoitlar yaratib bermoqda. Biz bundan unumli foydalanishimiz kerak. Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo‘lsin”, degan Olimpiada chempioni.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov joriy yilning 11 iyun kuni professional boksdagi 11-jangini belgiyalik Jek Muloveyga qarshi o‘tkazib, muddatidan avva g‘alaba qozongandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1016

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing