Jadidlarni kim sotganini yashirib keldik — “Qo‘rqma” muallifi sirlar ortida siyosat borligiga ishora qildi
Intervyu
−
10 avgust 2021
20051Shu vaqtgacha O‘zbekistonda jadidlarni kim sotgani va boshqa ko‘pgina sirlar yashirib kelindi. “Qo‘rqma” romanining muallifi Javlon Javliyev QALAMPIR.UZʼga bergan intervyusida jadidlarga e’tibor kamligini va yangi jadidlar tug‘ilishi uchun ular eslanishi kerakligini aytib o‘tdi.
“Biz jadidlarni yaqin-yaqingacha kim sotganligini va ko‘pgina sirlarni yashirib keldik. Balki buning bir siyosiy tomoni bordir. Lekin, biz ko‘p narsa yo‘qotdik, deb o‘ylayman. Yangi jadidlar tug‘ilishi uchun jadidlar eslanishi kerak. Ular hikoya qilinishi, kinolarda yoritilish lozim. Jadidlarning ko‘pini tanimasligimiz — bu bizning falokatimiz”, deydi Javlon Javliyev.
Yozuvchi so‘zida davom etar ekan, o‘tgan asrning 1937-38- yillaridagi qatag‘onda har bir sohadagi juda katta-katta liderlar otib tashlanganini aytib o‘tdi.
“Meni kitob yozishga undagan narsa shuki, biz ma’lum bir jadidlarni bilamiz, xolos! Biz ko‘p hollarda 37-yildagi qatag‘onda vafot etgan Fitrat, Cho‘lponlar bilan cheklanamiz. Ammo mana shu qatag‘onda juda katta-katta jadidlarimiz vafot etgan. Har bir sohadagi katta liderlar qirib tashlangan”, deydi yozuvchi.
Javlon Javliyev bilan to‘liq intervyuni QALAMPIR.UZʼning YouTubeʼdagi sahifasida yoki quyidagi videopleyerda tomosha qilishingiz mumkin.
Sardor Ali Nurmatov
LiveBarchasi