Jahongir Otajonov tazyiqqa uchrayaptimi? “O‘zbekkonsert” rasmiy bayonot bilan chiqdi

Jamiyat

image

Bir necha kundan buyon xonandalar Жаҳонгир Otajonov va Abdulla Qurbonovning bir-biriga qaratilgan haqoratomuz videolari ижтимоий tarmoqlarda tarqalib, ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ikki san’atkor Muborak Ramazon oyida jonli ijrodan tortib, kiyinish borasida bir-birining qusurlarida videomurojaatda haqoratli tanqidga olmoqda. Bu orada Жаҳонгир Otajonov o‘zining “O‘zbekkonsert” давлат muassasasiga chaqirtirilgani ижтимоий tarmoqlar орқали ma’lum qilib, muassasa direktori Odiljon Abduqahhorovga e’tiroz bildirdi. O‘z navbatida “O‘zbekkonsert” mazkur holat yuzasidan rasmiy bildirish bilan чиқди. Qayd etilishicha, Otajonov “O‘zbekkonsert”ga taqib yo taqiq sabab emas, aksincha, litsenziyasi muddati joriy yilning 28 may kuni tugagani, 3 ish kunida uni yangilashi, yangisiga ehtiyoj bo‘lmasa, rasmiy raddiya xati yozib berishi sabab chaqirtirilgan. “O‘zbekkonsert” tomonidan Жаҳонгир Otajonovga nisbatan rasmiy bildirishda shunday deyiladi:

“2019 йил 29-30 may kunlarida xonanda Жаҳонгир Otajonov o‘zining Instagram ижтимоий tarmoqdagi sahifasida “O‘zbekkonsert” tomonidan litsenziyasi borasida muammo bo‘layotganini iddao qilib, asossiz ravishda bir tomonlama murojaat qoldirmoqda. 

Bu borada “O‘zbekkonsert” давлат muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 йил 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan Atajanov Жаҳонгир Saparbayevich nomiga berilgan litsenziya amal qilish muddati 2019 yilning 28 may kuni tugaganligi боис, reytingning 2-guruhi bo‘yicha давлат byudjetiga yillik 19 867 540 сўм miqdoridagi давлат boji to‘lovlarini hamda xonandaning ijodiy guruh a’zolariga ya’ni sozandalariga (jami 7 nafar) litsenziyasi uchun har biriga alohida yillik 8 109 200 so‘mdan jami 7 663 1940 сўм miqdoridagi to‘lovlarni  (ushbu тўлов sozandalar sonidan kelib чиқиб o‘zgarishi mumkin) 3 kun muddat ichida to‘lashi kerakligini ma’lum qiladi. 

Shundan so‘ng uning faoliyati yana qonuniy ravishda davom etaveradi, aks holda uning konsert dasturlari bekor қилинади. 

“O‘zbekkonsert” давлат muassasasi hamda rahbariyatining xonandaga nisbatan hech qanday e’tirozi yo‘q va bu masala u bilan tarqalgan bahsli munozaralarga ham aloqador emas! 

Xonandalar Жаҳонгир Otajonov va Abdulla Qurbonovlar borasida yuzaga kelgan vaziyat xonanda Abdulla Qurbonovning safardan qaytishi bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 

Bundan tashqari, “O‘zbekkonsert” давлат muassasasi xonanda Жаҳонгир Otajonovga Muborak Ramazon oyida ижтимоий tarmoqlarda nojo‘ya xatti-harakatlar bilan san’atkorlar o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga sabab bo‘luvchi masxaromuz videolarni tarqatmasligini so‘raydi.  

Shu o‘rinda “O‘zbekkonsert” DM barcha xonandalarni ham muassasa bilan ochiq muloqot qilmay turib, ижтимоий tarmoqlarda turli noo‘rin, nojo‘ya va asossiz gap-so‘zlarni tarqatmasliklarini to‘g‘risida ogohlantiradi”.

“O‘zbekkonsert” давлат muassasasi Otajonovning muassasaga chaqirilishi sababi va litsenziya muddati haqiqatan ham tugaganini asoslash maqsadida uning nusxasini ilova qilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made