Jahonda ilk bor Lyuksemburgda jamoat transporti tekin bo‘ladi
Olam
−
27 fevral 2020
4646Lyuksemburgda jamoat transporti joriy yilning 1 martidan boshlab bepul bo‘ladi. Bu haqida Yevropa ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Shunday qilib Lyuksemburg dunyoda birinchi bo‘lib jamoat transporti bepul bo‘lgan davlatga aylandi.
Avtobus, tramvay yoki poyezdda sayohat qilish uchun chipta sotib olishning hojati yo‘q: shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lsa kifoya. Shu bilan birga, poyezdlarda to‘lovli bo‘lgan birinchi klass o‘rinlari o‘zgartirilmaydi.
Mahalliy hokimiyat vakillarining ta’kidlashicha, bunday chora-tadbirlardan maqsad mamlakat aholisining jamoat transporti foydasiga shaxsiy transportdan voz kechishiga erishishdir. Bu esa tirbandlikni kamaytirish va atmosferaga zararli chiqindilar miqdorini kamaytirishga sabab bo‘ladi.
Lyuksemburgda jamoat transportidan foydalanish to‘liq soliq to‘lovchilar hisobidan amalga oshiriladi. Har yili bunday "bepul" transport mamlakatga taxminan 41 million yevroga tushishi kutilmoqda.
LiveBarchasi