Jahon tillari universiteti rektori boshqa ishga o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan G‘anisher Xudoykulovich Rahimov Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

G‘anisher Rahimov hozirga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Prezidentning 2020 yil 17 apreldagi PQ-4681-son qarori bilan tashkil etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

G'anisher Rahimov

Baholaganlar

289

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar