Jahon musulmon sayohati indeksida O‘zbekiston nechanchi o‘rinni egalladi?
Jamiyat
−
15 iyul 2021
10354O‘zbekiston har yili o‘tkaziladigan Jahon musulmon sayohati indeksi xalqaro reytingida 6 pog‘onaga yuqorilab, 16-o‘rinni egalladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, reyting “MasterCard” va “CrescentRating” tashkilotlari tomonidan tuziladi. 2021 yilga oid reytingda O‘zbekiston eng jadal ko‘tarilgan mamlakat sifatida qayd etilgan. Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilgi ko‘rsatkichlarda davlat 32-o‘rinni egallagan edi. 2019 yilda esa 22-pog‘onada qayd etilgan.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonning hisobotda yuqorilashiga mamlakatning Islom dini bilan bog‘liq boy merosini o‘rganish va xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan loyihalar sabab bo‘lgan. Qayd etish kerakki, ushbu reytingda Malayziya birinchi, Turkiya ikkinchi va Saudiya Arabistoni uchinchi o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq chet elliklar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingi e’lon qilingandi. Unda Turkmaniston poytaxti Ashxobod birinchi o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, eng ko‘p xayriya qiluvchi mamlakatlar reytingi ham e’lon qilinib, unda O‘zbekiston 29 pog‘onada qayd etilgan.
LiveBarchasi