Jahon chempionatida ishtirok etuvchi o‘zbek sportchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 15-19 may kunlari Angliyaning Manchester shahrida taekvondo WTF bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumki, ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. 150 dan ortiq davlatdan 1000 nafarga yaqin sportchi qatnashishi kutilayotgan jahon birinchiligida 10 nafar taekvondochimiz O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Mazkur musobaqada jahonning yetakchi taekvondochilari nafaqat medallar, balki Tokio Olimpiadasi reyting ochkolari uchun ham bahs olib boradi.

Jahon chempionatida ishtirok etadigan o‘zbek sportchilari bilan tanishing:

Erkaklar:

-54 kg: Xegay Valentin;
-74 kg: Nikita Rafalovich;
-80 kg: Shuxrat Salayev;
-87 kg: Maksim Rafalovich;
+87 kg: Dmitriy Shokin.

Ayollar:

-49 kg: Madinabonu Mannopova;
-53 kg: Charos Qayumova;
-62 kg: Feruza Sodiqova;
-67 kg: Nigora Tursunqulova;
+73 kg: Svetlana Osipova


Maqola muallifi

Teglar

taekvondo WTF

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar