Jahon bozorida oltin narxi keskin oshmoqda 

Olam

image

Dollar kursining tushishi jarayonida oltin qiymati o‘sishda davom etyapti. Bu haqda "Interfax" xabar berdi.

Unga ko‘ra, 24 noyabr kuni Nyu-York "Comex" birjasida dekabr shartnomalari kotirovkalari 0,3 foizga oshgan va 1 troy unsiyasi uchun 1999,6 dollarni tashkil etgan. 

Qayd qilinishicha, AQSH dollarining oltita asosiy jahon valyutalariga nisbatan qiymatini ko‘rsatuvchi DXY indeksi juma kungi savdolar chog‘ida 0,5 foizga pasaygan. Kuchsiz dollar esa boshqa valyuta egalari uchun oltinning investitsion jozibadorligini oshiradi. 

Ma’lumot o‘rnida,O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri sanaladi. 2023 yilning 10 oyida O‘zbekiston 6,87 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanib, o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga ko‘p. 


Maqola muallifi

Teglar

oltin Jahon bozori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing