Jahon banki O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyatga baho berdi

Jamiyat

image

Qarorgohi AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan Jahon banki  o‘z hisobotida valyuta bozorini liberallashtirish, valyuta kursini unifikatsiya qilish, bozor bahosini o‘rnatish shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq stavkasini kamaytirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirgan.

Jahon banki hisobotiga ko‘ra, investitsiyalarning o‘sishi va iste’mol hajmining oshishi real YAIM ko‘rsatkichida – 2017 yildagi 4,5 foizdan 2018 yildagi 5,1 foizgacha, keyin 2019 yilning birinchi choragida 5,3 foiz bilan o‘z aksini topgan. Shuningdek, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan islohotlar ko‘magida 2021 yilga qadar ko‘rsatkich 6 foizga yetishi mumkinligi ham ta’kidlanadi.

Yillik inflyatsiya 2018 yil boshida eng yuqori nuqtaga, ya’ni 20 foizga yetgan, dekabr oyiga 14,3 foizga kamaygan va bu 2018 yildagi 17,5 foizlik o‘rtacha yillik ko‘rsatkichga olib keldi.
Inflyatsiya bosimining 2019-2020 yillarda ham saqlanib qolishi taxmin qilinmoqda. Bunga quyidagi sabablar zamin hozirlaydi:

- ma’muriy narxlarni, jumladan, energiya va suvga ham, liberallashtirishning davom etishi;
- investitsiyalar o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat banklari orqali kreditlash siyosatini oshirish;

- aholi ish haqining oshirilishi.

2018 yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun mashinalar va uskunalarni hamda iste’mol talabini qondirish maqsadida iste’mol tovarlarini import qilish joriy operatsiyalardagi hisob-kitob defitsitini oshirdi.

2020 yilda yalpi tashqi qarzning biroz, ya’ni yalpi ichki mahsulotning 39 foizigacha qisqarishi taxmin qilinmoqda.

Bundan tashqari, bank hisobotida keltirilishicha, davlat byudjeti defitsiti aksiz stavkalarining, daromad va ish haqi solig‘ining sezilarli pasayishi natijasida YAIMning 1 foizini tashkil etishi mumkin. 2020 yilda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning taxminan 25 foizigacha oshadi.

Iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar chet el valyutasi yetishmasligi, import bojlari va soliq stavkalarining yuqoriligi kabi biznes uchun ba’zi muhim cheklovlarni bartaraf etishga imkon berdi.

Mavjud iqtisodiy vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan qator chora-tadbirlar ham keltirilgan. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- investitsiya muhitini yaxshilash va kredit olish imkoniyatlarini kengaytirish;

- soliq ma’muriyatchiligini to‘liq isloh qilish;

- davlat byudjeti operatsiyalari shaffofligini ta’minlash;

- sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida yerdan foydalanish va mulk huquqlarini isloh qilish;

- monopol davlat korxonalarini qayta tuzish va korporativ boshqaruv hamda moliyaviy hisobot talablarini kuchaytirish;

- eksport yo‘nalishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (ISO sifatni sertifikatlash, eksport xavfini kamaytirish, diversifikatsiya qilish va JSTga qo‘shilishni ham o‘z ichiga olgan holda).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing