Jahon banki Ukrainaga qo‘shimcha 500 million dollar beradi

Olam

image

Jahon banki favqulodda ehtiyojlarni qondirish uchun Ukrainaga qo‘shimcha 500 million dollar yordam ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters”  agentligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, mablag‘ Buyuk Britaniya kafolati ostida o‘tkazilgan. Transh sentyabr oxirida e’lon qilingan – keyin Jahon banki Ukrainaga 530 million dollar ajratishini e’lon qilgan. Buyuk Britaniya tomonidan kafolatlangan 500 million dollar va Daniyadan esa 30 million dollar.

Jahon banki Prezidenti Devid Malpassning aytishicha, mablag‘ asosiy davlat xizmatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

U Ukrainada harbiy harakatlar oqibatida infratuzilma bilan bog‘liq muammolar mavjudligini, bu esa qish arafasida Ukraina xalqiga xavf tug‘dirayotganini ta’kidlagan.

Umumiy olganda, Jahon banki Ukrainaga favqulodda moliyalashtirish uchun 13 milliard dollar ajratgan. Jahon banki Ukrainaning tiklanishini 350 milliard dollarga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing