“Qimmat o‘qish, past maosh”. Jahon banki O‘zbekiston yoshlarining ishsizligi haqida hisobot e’lon qildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yoshlar ishsizligining asosiy sabablaridan biri qishloq joylarda ish o‘rinlarining yo‘qligi va ishchi kuchiga talabning pastligidir. Aksariyat yoshlar mehnat daftarchasini ochmasdan ishga qabul qilinadi. Ish haqi kutilganidan ancha past. Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi yoshlarni ish bilan ta’minlashda mavjud muammolar borasida chop etgan hisobotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 18 millionni tashkil qiladi. O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyoda (YeS) eng ko‘p yoshlarga ega mamlakatdir. Kelgusi 10 yil ichida mehnatga layoqatli aholi soni yana 12 foizga oshishi kutilmoqda.

16–24 yoshdagi barcha yoshlarning 24 foizini (26,4 foizi — 16 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan guruhda) ishsiz yoki o‘qimaydigan yoshlar tashkil etadi. Eng ko‘p ishsizlik qizlar orasida – o‘g‘il bolalarga nisbatan 4 barobar ko‘p.

“Bu shaxslar guruhi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun ham imkoniyat, ham muammodir”, deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari.

Yoshlarni ish bilan ta’minlashdagi muammolar:
•    qishloq joylarida ish o‘rinlarining yetishmasligi va ishchi kuchiga talabning pastligi;

•    ish haqi kutilgan darajasiga nisbatan pastligi;

•    Malaka darajasining pastligi asosan ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi aloqaning yo‘qligi;

•    Umumiy ta’lim tizimi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida olingan ko‘nikmalar va ish beruvchilar tomonidan talab qilinadigan kasbiy ta’lim va ko‘nikmalar o‘rtasida nomuvofiqlik;

•    Qulay biznes sharoitining cheklanganligi yoki tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish, muvaffaqiyatli mikrofirmalarni yaratishdagi muammolar;

•    Oliy ta’lim olish imkoniyati cheklanganligi;

•    O‘zbekistonda universitetlar o‘qish qimmatligi;

•    Ta’lim va malakaning yetishmasligi;

•    Mehnat bozori haqida yoshlar kam ma’lumotga egaligi, maktablarda ta’lim ma’lumotlarini taqdim etish va kasb tanlash imkoniyatlarini beruvchi kasbiy yo‘naltirish dasturlari yo‘qligi;

•    Biznesni moliyalashtirishdagi qiyinchiliklar;


•    Ayollarni ishchi kuchi sifatida ishtirokiga to‘sqinlik qiluvchi kuchli ijtimoiy stereotiplar;

•    Kasblarning 70 foizi litsenziya va (yoki) oliy ma’lumot talab etishi;

•    Yoshlar uchn kichik hajmdagi faol mehnat bozori dasturlari;

•    Davlat xizmatlari va bandlik dasturlaridan foydalanish borasida xabardorlik cheklanganligi;

•    Yoshlarning bandlik darajasini oshirishda hukumatning sa’y-harakatini aniqlash va baholash monitoringining zaifligi;

•    Universitetlar talabalari va hamma yoshlar uchun katta xarajatlar;

•    Juda kam kompaniyalar malaka bo‘shliqlarini qoplash uchun xodimlar uchun treninglar o‘tkazadi;

•    Umumiy ta’lim tizimi beriladigan texnik ko‘nikmalar va o‘rta ta’lim sifati juda past;

•    ish beruvchilar va ta’lim muassasalari o‘zaro bog‘liq emas. Ta’lim muassasalari mehnat bozoriga mos kelmaydigan malakalarni berishadi. Natijada, ish beruvchilar kadrlarni faqat ish tajribasi bilan baholab ishga qabul qiladi. Kasbiy diplomlar ishga olishda deyarli ahamiyat kasb etmaydi. Bu yoshlar uchun yanada salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bular ayniqsa, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi diplomiga ega bo‘lgan yoshlar orasida yaqqol seziladi.

Nima qilish kerak?

Jahon banki, yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etish uchun qator takliflarni ilgari surgan. Takliflar orasida quyidagilar mavjud:
•    ish haqi va yoshlarni kasbga o‘qitishni subsidiyalash kabi mehnat bozoridagi qo‘llab-quvvatlash choralarini baholash, isloh qilish va kengaytirish;

•    ko‘nikmalarni rivojlantirish va boshlang‘ich kapital taqdim etish orqali yosh tadbirkorlar loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak ko‘satishni kengaytirish;

•    maktablar va kasb-hunar ta’limi markazlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ko‘nikmalariga ustuvor ahamiyat berish orqali yoshlarda ularni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash;


•    sektorlar va hududlar orasida kasbiy va mehnat mobilligidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

•    uyushgan (xavfsiz va samarali) mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

624

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing