Zelenskiyning samolyotiga ehtimoliy hujumga qarshi choralar ko‘rilgan – manba

Olam

image

Oq uy Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Vashingtonga tashrifi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

“Prezident Jo Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni AQSHning Ukrainaga sodiqligini ta’kidlash uchun Vashingtonga tashrif buyurishga taklif qildi”, deydi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per. 

Bayonotga ko‘ra, Bayden Prezident Zelenskiyni Oq uyda qarshilashni intiqlik bilan kutmoqda. 

Shundan so‘ng Prezident Zelenskiy Kongressning qo‘shma majlisida nutq so‘zlaydi. 

Jan-Per Bayden Ukraina mudofaasini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishini ma’lum qildi.  

“Tashrif AQSHning Ukrainani, jumladan, iqtisodiy, gumanitar va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash majburiyatini tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda. 

Patriot havo mudofaa tizimini Ukrainaga o‘tkazish

AQSHdagi yuqori martabali manba Zelenskiy Ukrainaga qaytishdan oldin AQSHda bir necha soat bo‘lishini aytdi. 

“Bu Rossiyaning Ukrainaga shafqatsizlarcha bostirib kirishining va qo‘shni davlatni yer yuzidan yo‘q qilishga, ukrain xalqini Rossiya hukmronligi ostiga olishga urinishning 300-kuni”, deydi manba. 

Ushbu qo‘llab-quvvatlash doirasida Bayden bugun, 21 dekabr kuni Ukrainaga 2 milliard dollarga yaqin yordam ajratilishini e’lon qiladi. Qayd etilishicha, yangi yordam paketi doirasida AQSH Ukrainaga m havo hujumidan mudofaa tizimlarini taqdim etadi. 

Ukrainaga qo‘shimcha moliyaviy yordam

Manbaning aytishicha, Kongress Ukrainaga 2023 yil uchun qo‘shimcha moliyaviy yordam paketini taqdim etish masalasini ko‘rib chiqadi.  

“Biz ikki partiya ko‘magida Ukrainaga 40 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha mablag‘ ajratishga umid qilamiz”, deydi u. 

Unga ko‘ra, Zelenskiy samolyotiga ehtimoliy hujumning oldini olish uchun zarur choralar ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu Ukraina rahbarining Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri birinchi xorijiy tashrifidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made