Zelenskiyning Qrimni qaytarish fikri mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi – Shryoder

Olam

image

Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shryoder Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Qrimni harbiy yo‘l bilan qaytarish g‘oyasini ma’nosiz deb atab, bu mintaqa allaqachon Rossiyaga tegishli ekanini aytdi. Bu haqda u Ispaniyaning “ABC” gazetasiga bergan intervyusida gapirgan.

“Prezident Zelenskiyning Qrimni harbiy yo‘l bilan qaytarish fikri mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ozchilikni tashkil etgan tatarlarni hisobga olmaganda, mintaqa ruslarnikidir”, deydi siyosatchi.

Shuningdek, u yarim orol SSSR tarkibiga kirgan Ukrainaga Sovet rahbari Nikita Xrushyov tomonidan berilganini qayd etib o‘tgan.

Shryoder Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarga ham baho bergan. Uning fikricha, mojaro kattaroq geosiyosiy qarama-qarshilikning bir qismidir va G‘arb davlatlari Qo‘shma Shtatlarga haddan tashqari suyangan holda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ymoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 23 avgust kuni “Qrim platformasi” onlayn sammitida Zelenskiy Qrimni qaytarishini aytgan. Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Ukraina Qrimni demilitarizatsiya qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevda yarimorolni tiklash bo‘yicha strategiya allaqachon mavjud bo‘lib, rasmiylar uni Ukraina tarkibiga kirganidan keyin amalga oshirish niyatida.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

367

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing