Zelenskiyning Qrimdagi uyi tortib olinyapti
Olam
−
03 noyabr 2022
14410Qrimda terrorizmga qarshi kurash komissiyasi ishlamoqda, u hozirda Rossiyaga nisbatan nodo‘stona harakatlar sodir etgan xorijiy fuqarolarning mulklari ro‘yxatini tuzmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Qrim parlamenti rahbari Vladimir Konstantinov ma’lum qilgan.
U yarimorol hukumati Kiyev rejimiga aloqador oligarxlar va siyosatchilar mulkini milliylashtirishda davom etishiga va’da berdi.
Qayd etilishicha, Qrim parlamenti Baxchisaroydagi “Stroyindustriya” zavodi, “Zaliv” kemasozlik zavodi, shuningdek, “Novacyenter” qurilish gipermarketi va shu nomdagi savdo majmuasi kabi ob’ektlarni milliylashtirishga allaqachon qaror qilgan.
Bu ro‘yxatga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga tegishli kvartira ham kiritilgan.
“Bunday ob’ektlarning barchasida, jumladan, Zelenskiyning kvartirasida ham hozirda aksilterror komissiyasi ishlamoqda. Ish tugagach, izga xabar beramiz”, degan Konstantinov.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidentining Qrimdagi kvartirasi 2019 yilda Ukrainadagi prezidentlik saylovi kampaniyasi vaqtida ma’lum bo‘lgan edi. Qrimning janubiy qirg‘og‘idagi Yalta viloyatining Livadiya qishlog‘ida joylashgan.
LiveBarchasi