Zelenskiy YeIni Rossiya gazidan voz kechishga chaqirdi
Olam
−
01 iyul 2022
6356Ukraina kecha. 30 iyundan boshlab Ruminiyaga elektr energiyasi eksport qilishni boshladi. Mamlakat Yevropa Ittifoqiga Rossiya yetkazib beradigan gazning bir qismini qoplashi mumkin. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Zelenskiy Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan “yaqinlashuvda yana bir qadam tashlaganini” aytgan. Uning aniqlik kiritishicha, mamlakat Ruminiyaga “elektr energiyasining sezilarli eksportini” boshlagan va hozirdan YeIga yetkazib berishni kengaytirishga hozirlik ko‘rmoqda.
“Ukraina elektr energiyasi hisobiga yevropaliklar tomonidan iste’mol qilinadigan Rossiya gazining katta qismidan voz kechish mumkin. Bu biz uchun nafaqat eksportdan tushadigan daromad, balki Yevropa uchun ham xavfsizlik masalasidir”, deydi Vladimir Zelenskiy.
Ma’lumot o‘rnida, Polsha Yevropa Ittifoqiga Rossiya gazidan voz kechish bo‘yicha kelishib olishni taklif qildi. Fitch ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasidan xom ashyoni to‘liq rad etilganidan so‘ng, YeIga gaz yetkazib berishni qoplash uchun uch yildan ortiq vaqt kerak bo‘ladi.
Katta yettilik esa (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) yetakchilari Rossiya Federatsiyasidan neft va gazga narx chegarasini joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
LiveBarchasi