Zelenskiy Ukrainaning yangi yildagi asosiy harbiy maqsadini aytdi
Olam
−
02 yanvar
9906Ukrainaning 2024 yildagi asosiy harbiy maqsadi Qrimni izolyatsiya qilishdir. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy "The Economist" jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Nashrga ko‘ra, Zelenskiy Ukraina 2024 yilda nimaga erisha olishi haqida kam gapirgan. Biroq uning fikricha, Qrim va Qora dengizdagi jang hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
"Qrimni izolyatsiya qilish biz uchun o‘ta muhim, chunki bu Rossiyaning hujumlari sonini kamaytirishning yagona chorasidir", deydi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli operatsiya butun dunyoga o‘rnak bo‘lib, Rossiya agressiyasiga katta ta’sir qiladi.
Ukraina Prezidenti quruqlikdagi janglarni nazarda tutyaptimi yoki Qora dengizda va Qrim ko‘prigiga qarshi operatsiyalarni davom ettirish rejalashtirilganmi, bunga aniqlik kiritmagan.
"The Economist" gazetasining yozishicha, Zelenskiy sharq va janubdagi maqsadlarini amalga oshirishga unchalik tayyor emas.
"Ukrainani asl chegaralariga qaytarish bo‘yicha bildirilgan strategik ambitsiyalari o‘zgarmadi va o‘zgarmaydi, biroq u (Zelenskiy) endi Ukraina kelasi yili qaysi hududni bosib olishi mumkinligi haqida muddat belgilamaydi yoki hech qanday va’da bermayapti”, deyiladi maqolada.
LiveBarchasi