Zelenskiy Ukrainaning tarafini olgan ittifoqchilariga “qulluq qilmoqda”
Olam
−
01 fevral 2022
6347Ukraina Prezidenti Valdimir Zelenskiy Rossiya bilan keskinlashgan vaziyat fonida Kiyevning tarafini olgan G‘arb mamlakatlariga minnatdorlik bildirdi.
“Ukraina uchun ko‘mak 2014 yildan beri eng yuqori darajaga chiqdi”, degan u bugun, 1 fevral kuni mamlakat Oliy Radasida qilgan nuqtida.
Uning bildirishicha, yaqin kunlarda Ukarainaga Britaniya, Polsha va Niderlandiya rahbarlarining tashrifi kutilmoqda. Bundan tashqari, Ukrainaga nisbatan agressiyani kamaytirish borasida AQSH va Rossiya o‘rtasida yangi muzokaralar o‘tkaziladi.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya bilan keskinlashgan munosabatlar ortidan Ukraina Polsha va Britaniya bilan “yangi formatdagi siyosiy hamkorlik”ni yo‘lga qo‘ygan.
Bugun, 1 fevral kuni Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy Varshava Kiyevga o‘z mudofasini mustahkamlashi uchun qurol-yaroqlar, uchuvchisiz dronlar va qiruvchi samolyotlarga havo zarbasini beruvchi harbiy texnikalar to‘plamini yetkazib berishi haqida ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, u Polsha urush oqibatida Ukrainadan keladigan qochqinlarning ehtimoliy katta oqimiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida bildirgan.
Bosh vazir Boris Jonson esa Buyuk Britaniya mamlakat salohiyatini yaxshilash va Rossiya energiyasiga bo‘lgan qaramlikdan qutulish uchun Ukrainaga 88 million fund sterling (118 million AQSH dollari) mablag‘ ajratilishi haqida e’lon qilgan.
So‘nggi oylarda Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashgan. Vashington va Bryussel Moskvani Ukrainaga “bosqin” tayyorlayotganlikda ayblamoqda va shu fonda Sharqiy Yevropada o‘z ishtirokini kuchaytirmoqda. AQSH Rossiya hujumga o‘tgan taqdirda unga sanksiyalar joriy qilishini aytib kelayotgandi.
Rossiyada barcha da’volar rad etilmoqda. Kreml va Tashqi ishlar vazirligi “tajovuzkorlik” hikoyalarining maqsadi Rossiya chegaralari yaqinida xorijiy guruh yaratish ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. Ular, shuningdek, keskinlashuvning asosiy sababi qilib Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotgan va shu orqali uni harbiy sarguzashtlar sari undayotgan AQSH va NATO harakatlarini ko‘rsatmoqda.
Behruz Saidov
LiveBarchasi