Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi “mashhur” elchisini lavozimidan ozod etdi 

Olam

image

Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy Andrey Melnikni Kiyevning Germaniyadagi elchisi lavozimidan ozod qildi. Tegishli farmon davlat rahbari saytida e’lon qilingan.

Melnik Ukrainaning Germaniyadagi diplomatik missiyasini sakkiz yildan beri boshqarib kelmoqda, elchilar esa odatda to‘rt, ko‘pi bilan olti yildan keyin mamlakatdan qaytib kelishadi.

Hafta boshida nemis ommaviy axborot vositalari Melnik tez orada Kiyevga chaqirib olinishi va Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini egallashi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Melnik 2014 yilda Ukrainaning Germaniyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi. 

Aytish joizki, Andrey Melnik Germaniya rasmiylari haqidagi keskin fikrlari bilan tanilgan. Jumladan, Melnik Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishdagi kechikishlar tufayli Germaniya kansleri Olaf Sholsni qarorsizlikda ayblagandi. 

Bundan tashqari, u Olaf Sholsni Ukrainaga borishdan bosh tortgani uchun “arazlagan kolbasa” deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

489

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing