Zelenskiy Ukrainaning g‘alaba rejasini e’lon qildi
Olam
−
16 Sentabr
16804Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina uchun 4 ta asosiy va bitta urushdan keyingi punktdan iborat g‘alaba rejasini e’lon qildi. Reja o‘z ichiga xavfsizlik, Ukrainaning geosiyosiy o‘rni, harbiy va iqtisodiy yordamni o‘z ichiga oladi. Bu haqda Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ha, men u (Bayden) bilan tinchlik sammitidan oldin kuchli pozitsiyaga ega bo‘lish uchun o‘zimizni qanday mustahkamlash haqida gaplashaman. Chunki, agar siz kuchli bo‘lsangiz, diplomatik yechimlar samarali bo‘ladi. Aks holda, Putin bu sammitda ham ishtirok etmaydi. O‘ylaymanki, boshqa sharoitda ular urushni to‘xtatishdan manfaatdor bo‘lmaydi. Shuning uchun mening rejam bor. Ha, g‘alaba rejasi, chunki biz uchun g‘alaba juda kuchli bo‘lishni va kuchli diplomatiyaga tayyor bo‘lishni anglatadi”, deydi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, gap xavfsizlik, Ukrainaning geosiyosiy o‘rni va mamlakat uchun mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan juda kuchli harbiy yordam haqida bormoqda.
“Bu biz u yoki bu narsadan qanday foydalanishni erkin hal qilishimiz kerakligi va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash qarorlari haqida... Menimcha, bular asosiy narsa. Biz tayyormiz. Agar Prezident Bayden bizning rejamizni baholasa va qo‘llab-quvvatlasa hamda u va uning jamoasi pozitsiyamizni kuchaytiradigan yana bir narsani qo‘sha olsa, biz tayyor bo‘lamiz”, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Shuningdek, u rejani Donald Tramp va Kamola Harrisga ham ko‘rsatmoqchiligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Zelenskiy Rossiya yangi tinchlik sammitiga taklif qilinishi haqida ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi