Zelenskiy Ukrainani tiklash uchun qancha pul kerakligini aytdi
Olam
−
30 avgust 2022
10347Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatni qayta tiklash uchun taxminan 600-800 milliard dollar kerak bo‘lishini, aniq miqdor urush to‘xtaganidan keyin ma’lum bo‘lishini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 avgust kuni Fransiya tadbirkorlar harakatiga murojaati chog‘ida aytgan.
"600-800 milliard – Luganoda (Shveysariya) shunday deyishdi. Bu miqdor ommaviy edi. Tasdiqlangan tahliliy ma’lumotlarga ko‘ra vayronagarchilik katta hajmda bo‘lganiga ishonamiz. Hamma narsani qayta tiklash uchun taxminan shunday hajmdagi mablag‘ kerak”, deydi Zelenskiy.
Davlat rahbari mamlakatdagi jangovar harakatlar hali yakunlanmaganiga ishora qilib, aniq miqdor urush tugagandan keyin ma’lum bo‘lishini aytgan.
Zelenskiyning fikricha, hozirda asosiy e’tiborni mamlakat infratuzilmasini, jumladan, ta’lim, turar-joy va portlarni tiklashga qaratish kerak.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart oyi o‘rtalarida Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal hamkorlarni Ukrainani tiklash jamg‘armasini to‘ldirishda yordam berishga chaqirib, 500 milliard dollar kerak bo‘lishini aytgan edi. Vladimir Zelenskiy esa avvalroq Ukraina dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 550 milliard dollar yo‘qotganini ma’lum qilgan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi